jahon
bilan ulashing
1. Yer yuzi va undagi butun borliq; dunyo, olam.
-
Butun jahon.
-
Kanal, qirq yildirki, jahonni hayratga solib keladi. Oʻzbekiston qoʻriqlari
-
Odam odamga doʻst-oʻrtoq boʻlib qoldi. Jahon tarixida yangi davr boshlandi. N. Safarov, Olovli izlar
-
Bu jahonda bunday dilbar boʻlarmi, Jamolini koʻrgan omon qolarmi? Murodxon
2. poet. Dunyodagi hamma xalqlar, butun insoniyat.
-
Sen hayqirding, jahon hayqirdi: Yigit-qizlar intiqom uchun. Otalar va onalar oʻzni Chogʻladilar sharaf, shon uchun. Gʻayratiy
3. Jahon (xotin-qizlar ismi).
jahon soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bir jahon
-
Uning jahli chiqqan, bir zumda bir jahon gapni gapirib tashladi. Oydin, Uyaldi shekilli, yerga qaradi;
-
Xush kelibsiz, ajab mehmon ekansiz, Xushruylikda siz bir jahon ekansiz. S. Abdulla, Tohir va Zuhra
-
— Yigit boʻlganda ham, bir jahon edi, — dedi Qamchi. H. Gʻulom, Mashʼal
Jahon chempionati
-
Charm toʻp ustalari jahon chempionatining tantanali ochilishiga bagʻishlangan marosim oʻziga xos bayramga aylandi. Gazetadan
Jahonga dongʻi ketgan
-
[Temur] Samarqand obidalaridek sanʼat asarlarining bunyod boʻlishiga homiylik qilgan, jahonga dongʻi ketgan olimlarni toʻplab, ularga sharoit yaratib bergan. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Ikki jahon ovorasi
Oynayi jahon
JAHON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЖАҲОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
jahon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar