jallod
bilan ulashing
1. Oʻrta Osiyo xonliklarida: oʻlim jazosiga hukm qilinganlarning boshini oluvchi, oʻlim jazosi haqidagi hukmni ijro etuvchi odam.
-
Kalla olib oʻrganib qolgan jallod yangi kallani olayotganida koʻz yummaganidek, hokim ham odamlarni otib, uylariga oʻt qoʻyib odatlanib qolgan kishi sovuqqonligi bilan oʻshqirdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Jallod meni unutmaydi hech, Bir gullagan dorga osadi. U. Azim, Kuz
2. koʻchma Kallakesar, qotil; shafqatsiz.
-
Bilʼaks, siz hiylakor bir tulki, ogʻzi qon bir boʻri, rahmsiz bir jallod, uyatsiz bir yigit. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Fashist jallod qon ichidan koʻtaribdi bosh. H. Poʻlat
JALLOD so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЖАЛЛОД so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
jallod so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar