jang
bilan ulashing
1. Harbiy qismlarning, qurolli kuchlarning qonli toʻqnashuvi, urush.
-
Jang qilmoq.
-
Madad uchun yuborilgan nemis tanklarining yoʻlini bizning tanklarimiz toʻsgan, soylikda tanklar jangi boʻlmoqda edi. A. Qahhor, Oltin yulduz
-
Shayboniyxon hali hech qaysi jangga bunchalik jon-jahdi bilan tayyorlangan emas. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
2. Qarama-qarshi ijtimoiy guruhlarning toʻqnashuvi.
-
Sinfiy jang.
-
Qarama-qarshi gʻoyalar kurashi esa soʻnggi nafasgacha davom etadigan hayot-mamot jangidir. OʻTA
3. sprt. Musobaqa.
-
Sportning boshqa turlari boʻyicha ham qattiq janglar davom etayotir. Gazetadan
4. Bahs, munozara; janjal.
-
Ochilgach kelib ertasi hujrasi, Qilur jang-u janjal har ertasi. Muqimiy.
5. koʻchma Astoydil mehnat.
-
bu yil biz 3 mln 350 ming tonna oq oltin uchun jang olib bormoqdamiz. Sharq yulduzi
jang soʻzi qatnashgan jumlalar:
Dahanaki jang
Qoʻl jangi
-
[Volkov:] General, soldatlar qochmoqdalar Anhor yoqasida qoʻl jangi boryapti. N. Safarov, Tanlangan asarlar
JANG so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЖАНГ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
jang so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar