jilo
bilan ulashing
1. Silliq yoki sayqallangan sirtning tovlanishi, yaltirashi.
-
— Suv jilosini koʻrsam, koʻzim quvonadi, toʻlqinida koʻnglim oʻsadi, — derdi Usmonxoʻjayev. Oʻzbekiston qoʻriqlari
-
Ahmadjon yoʻlakay suvning oltin jilosidan koʻz uzmay, jim borardi. Y. Shamsharov, Gʻurumsaroyliklar
-
Quyoshning butun rangini koʻrmoqchi boʻlgan odam Margʻilon atlasining tovlanishiga, qorakoʻl barralarining jilosiga tikilsin. Shukrullo, Javohirlar sandigʻi
2. koʻchma Koʻrk, husn.
-
Qayon boqsa, oʻzgacha jilo, Qayon boqsa, goʻzallik pinhon. E. Vohidov, Muhabbat
-
Azaldan Samarqand yer yuzining jilosidir, koʻrkidir degan naql bor xalq orasida. Gazetadan
jilo soʻzi qatnashgan jumlalar:
Jilo bermoq
-
Moʻyqalam sohiblarining didi-mahorati bilan mahsulotga jilo beriladi. Guliston
-
Bu nur — erk, ozodlik, tinchlik, baxt, viqor, Bunga jilo berar qirq yillik umr. X. Rasul;
-
Rango-rang marmarlardan ishlangan bu maqbara hozir ham yorqin jilo berib turibdi. Z. Akramov, Hindiston lavhalari
JILO so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЖИЛО so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
JILO so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan JILO so‘ziga berilgan ma’nolar
jilo so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Keyingi 10 ta so‘z
jilo so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar