jilov
bilan ulashing
1. Yuganning charm tizgini.
-
Jilovini boʻshatmoq.
-
Katta tosh yoʻlda yelib kelayotgan otliq tiss deb, otning jilovini tortdi. M. Muhamedov, Qaxramon izidan
-
Noib otdan tushib, jilovni egar qoshiga tashladi. S. Siyoyev, Avaz
2. koʻchma Boshqarish, idora qilish tizgini; hokimiyat.
-
U paytlar xon yosh edi, saltanat jilovi endi qoʻliga oʻtgan edi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
3. Izm, erk, ixtiyor.
-
— Oʻzimiz inglizdan zoʻrgʻa qutuldik, lekin u hamon jilovimizni bergisi kelmaydi, — dedi Ismoilxon. Oybek, Nur qidirib
-
Imtihon yaqinlashayotganini unutma, jiloving mening qoʻlimda [dedi oʻqituvchi Odiljonga]. Mushtum
-
Podsho jilovida yuradi shotir, Yovga ot qoʻyar doim pirday boʻp botir. Yusuf va Ahmad
jilov soʻzi qatnashgan jumlalar:
Jilov urmoq
-
Daryoga jilov urdi Oʻktam insonlar Ulugʻ bir toʻgʻon qurdi. Mirtemir.
Jilovini boʻsh qoʻymoq
-
Jilovini boʻsh qoʻyganingizdan keyin shunday boʻladi, rais. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
Jilovini tortib qoʻymoq
-
Davlat mashinasidan tekin pul topish, boylik orttirish uchun foydalanayotgan bu shaxslarning jilovini tortib qoʻyadigan tashkilot yoʻqmikan? Gazetadan
Jilovini qoʻlga olmoq
Jilovini qoʻldan berib qoʻymoq
JILOV so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЖИЛОВ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
jilov so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar