jilva
bilan ulashing
1. Tovlanish, tuslanish.
-
Osmon toʻla yulduz, jimir-jimir jilvasi koʻngilga gʻuluv soladi. Yoshlik
-
Quyosh zarrin kokillarini yozib, jilva qilmoqda. T. Rustamov, Mangu jasorat
-
Quyosh shuʼlasida jilva urib, choʻgʻdek tovlanib turgan oltinrang va shafaqrang yaproqlar! F. Musajonov, Himmat
2. Ishva, noz-karashma.
-
Yigitlar davra olishib, raqqosalar oyogʻi ostiga poyandoz toʻshab, ularning bir jilva nigohi uchun jon fido qilgudek holatda edilar. N. Safarov, Olovli izlar
-
— Xoʻp, mayli, men ketay, — dedi Hayot, jilva bilan qayrilib. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
jilva soʻzi qatnashgan jumlalar:
Jilva qilmoq
-
Yor eshigida turib, Bir jilva qilay dedi, Har xil qiliqlar qilib, Koʻnglini olay dedi. Oq olma, qizil olma
-
Kunlardan bir kuni uy egasi bundoq qarasa, yoʻlakda sarv-qomat bir juvon jilva qilib turibdi. Gazetadan;
-
Shukurovning koʻzlarida shoʻx uchqunlar jilva qildi. O. Yoqubov, Diyonat
-
Uning [Xoʻjabekovning] choʻzinchoq yuzlarida, chuqur tushgan koʻzlarida kinoya jilva qilardi. S. Anorboyev, Oqsoy
JILVA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЖИЛВА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
jilva so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar