jim
bilan ulashing
1. ravish Ovoz, tovush chiqarmay, indamay, ovozsiz, tovushsiz, sukut saqlab, sukunatda.
-
Mum tishlagandek jim oʻtirmoq.
-
— Saidgʻozi, sen gapirganda, Sherbek jim oʻtirgan edi, — kimdir luqma tashladi. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Ota-bola anchagina jim bordi. Oʻrtaga ogʻir sukunat tushdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
2. Qimirlamay, qimir etmay, harakatsiz, tek.
-
Uning koʻzini yumib, jim yotganini koʻrgan Boboqul ota oʻrnidan qoʻzgʻaldi: — Sen tinchgina uxlayver, chiroq. Men bir aylanib kelay. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Omon boʻling-ye, rais aka tiyinigacha toʻgʻrilab daftardan oʻtkazdik-ku? Biroq oʻzingiz, jim yotgan ilonning boshini qoʻzgʻab, yaxshi qilmadingiz. S. Anorboyev, Oqsoy
3. und. s. vzf. Ovozingni oʻchir, tovushingni chiqarma, tinchlan.
-
— Jim!— mushtini koʻtardi Yormat. Oybek, Tanlangan asarlar
-
— Jim, jim— dedi Qumri yarim tovush bilan. — Gulshan biznikiga uxlagani kelgan ekan. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
jim soʻzi qatnashgan jumlalar:
Jim boʻlmoq
-
Oyi, siz sezasizmi, boynikida orqamdan kulishadi, gapirishadi man yaqinlashsam, jim boʻlishadi. Oybek, Tanlangan asarlar;
-
Faqat bolgʻalarning taraq-turugʻi jim boʻlganda, Yoʻlchi jiddiy suhbatga oʻtdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Ahmadjon bir sidra oʻq yogʻdirgandayoq nemis pulemyoti jim boʻlib qolgan edi. A. Qahhor, Oltin yulduz
Jim boʻlib ketmoq
-
Aka, nimaga jim boʻlib ketdingiz? Men sizni juda sogʻindim. Oybek, Tanlangan asarlar
Jim turmoq (yoki oʻtirmoq)
-
Toʻgʻri, — dedi Oʻrmon polvon, — agar jim tursak, ular har bir ish qiladir. S. Ayniy, Qullar
-
Bir bechoraga tuhmat qilishsa-yu, bila turib, koʻra turib jim oʻtirsam, gunoh boʻlmaydimi? M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
JIM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЖИМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
jim so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar