karavot
bilan ulashing
1. Toʻrt oyoqli, ustiga koʻrpa-toʻshak solib yotiladigan uy-roʻzgʻor anjomi.
-
Sherbek hovli oʻrtasidagi yapasqi balxtut tagidagi karavotga yechinmasdan chalqancha yotdi. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Uning [Zeboning] karavoti gʻirch-gʻirchidan onaning uyqusi oʻchib ketdi. Shuhrat, Shinelli yillar
2. Ustida koʻpchilik boʻlib oʻtirish (baʼzan yotish) uchun maxsus ishlangan, yoz kunlari hovli, choyxona va shu kabilar joylarga qoʻyiladigan maxsus qurilma; soʻri, kat.
-
Nuri giloslar ostiga qoʻyilgan, panjaralari koʻk boʻyoq bilan sirlangan katta yogʻoch karavotga qalin koʻrpacha yoyib, yostiqqa yonboshlab oʻtirar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
KARAVOT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КАРАВОТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
karavot so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan KARAVOT so‘ziga berilgan ma’nolar
karavot so‘ziga yangi izoh qo‘shing