karaxt
bilan ulashing
1. His-sezgisi oʻlik; harakatsiz, qotib qolgan.
-
Nazokatning karaxt vujudida tomirlarga qon yugurgandek boʻldi. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
-
-Qoʻl mayibroq, oʻgʻlim — dedi chol Sidiqjonni xijolatdan chiqarib, —
-
mana shu oʻng qoʻl karaxt. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Qalbi dod, dod, deb faryod solar, ammo yigʻlay desa, koʻziga yosh kelmadi, soʻzlay desa, tiliga soʻz kelmadi — vujudi karaxt boʻlib qolgan edi. S. Anorboyev, Oqsoy
2. koʻchma Es-hushini yoʻqotgan, hushsiz.
-
Sharofat Anzirat xolaning ostonasidan ichkariga qadam bosganda, zaharga toʻlgan chayondek, oʻz zaharidan oʻzi karaxt edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Mudhish xabar Boburni jimjit qilib qoʻydi. U karaxt bir ahvolda kiyindi. Otiga mindi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
KARAXT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КАРАХТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
karaxt so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan KARAXT so‘ziga berilgan ma’nolar
karaxt so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar