kim
bilan ulashing
1. soʻr. olm. Umuman, shaxs haqida (ismi, ish-amali va boshqalar nuqtai nazardan) soʻroqni bildiradi.
-
— Kim keldi? — Sobir. — Meni kim soʻradi? — Direktor.
-
— Mening bu yerda ekanligimni kim aytdi? — dedi Sidiqjon birpas jimlikdan soʻng. — Oʻzingiz soʻroqlab bildingizmi? Kimdan soʻradingiz? A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
— Xoʻp, yangi ochiladigan maktablarda kim oʻqiydi? — dedi boy. — Musulmon bolalari. Oybek, Tanlangan asarlar
-
— Siz oʻzingiz kimsiz? — Oʻgʻlingiz Nizomiddinning doʻstlaridanman. Mirmuhsin, Meʼmor
-
— Yuvgʻuchi kerak boʻlsa, kadxudoning uyiga bor. Kiming oʻlgan? — dedi choyxonachi qalandarga. S. Siyoyev, Yorugʻlik
2. Ismi, ish-vazifasi va boshqalar jihatdan aniq boʻlmagan shaxsni bildiradi.
-
Shuning uchunmi, koʻksi zardobga toʻlib, dardini kimga aytishini bilmay qolgan kezlarida, Avaz Mutribni sogʻinadi, unga koʻngil yoradi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
3. Nisbiy olmosh vazifasida ergash gapni bosh gapga bogʻlash uchun xizmat qiladi.
-
Kimning bilagida kuchi boʻlsa, kim ishning havosini olsa, oʻsha zarbdor boʻlaveradi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
4. Qator kelgan bir necha gaplar boshida qoʻllanib, biri, baʼzisi degan maʼnoni bildiradi.
-
Ularning bari jarohatlangan: kimi boshini ushlaydi, kimi belini koʻtara olmaydi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Aksarining ust-boshi yupun kimlarda poxol tiqilgan eski kalish, kimlarda jagʻi yirtiq kavush, lekin ular shod. Oybek, Tanlangan asarlar
kim soʻzi qatnashgan jumlalar:
Kim biladi (yoki bilsin)
-
Qirgʻiz Oʻroz belbogʻiga mahkam chandib tugilgan bittagina soʻlkavoyni (kim biladi, buni qachonlardan beri saqlab kelgan u) chiqarib, sekingina tashladi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Oriyatli boʻlganidan, odamlar yuziga tik qaragani uyaladimi, kim bilsin, bu ayolning vujudida oʻn erkakning or-nomusi bor edi. T. Ashurov, Oq ot
Kim aytadi sizni (seni)
-
Yashang-e, sizni kim aytadi qishloq muxbiri deb? Guldasta
KIM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КИМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kim so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar