ko‘kar
bilan ulashing
1. Oʻt-oʻsimlik yoki barglar bilan qoplanib, koʻk, yashil tusga kirmoq.
-
Bahor keldi, dalalar koʻkara boshladi.
-
Giyoh unmagan choʻllar mehnatkashlar qoni baravariga yam-yashil koʻkargan edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
2. Unib-oʻsmoq, amal olmoq; koʻklamoq (oʻt-oʻsimliklar haqida).
-
Ekin yaxshi koʻkardi.
-
Churuk boʻgʻotlari osilgan eski uylarning tomlari chetida maysalar koʻkardi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Bogʻ brigadasidagi kishilar butun yoz boʻyi ularni parvarish qildi, qaradi. Lekin olmalar koʻkarmadi. Gazetadan
3. koʻchma Rivoj topmoq; oʻsib-unmoq, oʻsmoq.
-
Daraxt bir joyda (yerda) koʻkaradi. Maqol
-
Yer olgan koʻkaradi, yer sotgan quriydi. Mana bu gapning magʻzini chaq! Oybek, Tanlangan asarlar
-
Birovning koʻkarganini koʻra olmaydigan gʻalamisga oʻxshaydi. S. Nurov, Narvon
4. Qattiq zarb, sovuq yoki boshqa biror sabab taʼsirida koʻk-qoramtir tusga kirmoq (badan, yuz rangi haqida).
-
Bolaning qoʻllari sovuqdan koʻkarib ketibdi.
-
Koʻkarib ketgan oyoqni koʻrib, Polvonning rahmi keldi. J. Sharipov, Xorazm
-
Boʻtavoy jahldan koʻkarib soʻkinar, paranjisi yelkasiga tushib ketgan Eshon aya ovozining boricha dod solib, uni qargʻardi. S. Ahmad, Hukm
5. Aynib, buzilib, koʻkka moyil tus olmoq.
-
Goʻsht koʻkarib qolibdi.
-
Koʻkarib ketgan bu sassiq suvda bijillab yotgan har xil qurtlar tushgan yerida bir-ikki qilpanglab, darrov oʻlardi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
KO‘KAR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КЎКАР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ko‘kar so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar