kul
bilan ulashing
1. Yuz, koʻz harakatlari yoki turlicha tovush (tovushlar) bilan xursandligini, zavq-shavqini ifodalamoq, kulgi ifodalamoq.
-
Xoxolab kulmoq. Qahqaha urib kulmoq. Piq etib kulmoq. Hiringlab kulmoq. Muloyim kulmoq. Miyigʻida kulmoq.
-
Oldin Kamoliddin maxdum, unga ergashib Asad qori hi-hilab kuldi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Avaz, Feruz shaʼniga aytgan bir baytini eslab, murtida kuldi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Hafiz Mirzamuhamedovichning kulib turgan chehrasi jiddiylashdi. S. Karomatov, Oltin qum
-
Hamon kulib turgan koʻzlari bilan uni boshdan-oyoq kuzatib chiqdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
2. Kulgi bilan masxaralamoq, mazax qilmoq.
-
Oyi, siz sezasizmi, boynikida orqamdan kulishadi, gapirishadi, piching, kesatiq-mesatiq man yaqinlashsam, jim boʻlishadi [dedi Gulnor]. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Qandoq boraman kulmaydimi hamma. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Kulsa kulaversin, bari bir oʻz fikrimda qolaman. X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
kul soʻzi qatnashgan jumlalar:
Baxti kulmoq
-
Mingboshiga tegmagani bilan Zebixonning baxti kularmidi? Choʻlpon, Kecha va kunduz
Ichida kulmoq
-
Qoʻchqor uning xayolidagi oʻylarini biladi va ichida kuladi. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa
-
— Ishqilib, uyida boʻlmasin-da, — deydi umid bilan, soʻng oʻzining soddaligidan ichida kuladi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
Ustidan kulmoq
-
Men doʻzaxdan choʻchimasman, ustimdan kulma. Men chidarman, ammo qayda haqiqat, imon? A. Oripov, Jannatga yoʻl
KUL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КУЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kul so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar