kundalik
bilan ulashing
1. Har kungi, har bir kunga xos.
-
Gazetalardan kundalik axborotni zoʻr tashvish bilan kuzatib turgan kishilarga hali oʻzi ham tushuna olmagan bu yerdagi osoyishtalik toʻgʻrisida nima deb yozadi? A. Qahhor, Oltin yulduz
2. Kunda boʻlib turadigan; odatdagi.
-
Lekin oʻylab qarasa, rayonga deb yoʻlga chiqqanida, koʻziga juda katta koʻringan bu tashvish hozir kundalik ikir-chikirlar qatoriga kirib qolibdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
3. Hodisalar, kuzatishlar va shu kabilar yozib boriladigan jurnal, daftar. Ekspeditsiya kundaligi.
-
Yoʻldosh, kundalikka yozib qoʻying. Bitta osh ham qarz qilib qoʻydik. Shuhrat, Shinelli yillar
-
Dadangizning kitoblarini, kundaliklarini, maktublarini, xullas, yozilgan qogʻoz borki, berkitib tashlang. T. Malik, Iblis devori
4. Oʻquvchilarning uyga berilgan vazifasi va olgan baholari yozib qoʻyiladigan daftari.
-
Ularning [oʻquvchilarning] bahosi yoʻqlama va kundalikka qoʻyiladi. Y. Abdullayev, Dars yuzasidan bahoni qanday qoʻyish kerak?
kundalik soʻzi qatnashgan jumlalar:
Kundalik daftar
KUNDALIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КУНДАЛИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kundalik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar