kunda
bilan ulashing
1. Kesilgan yoki singan daraxtning ildiz tomonida qolgan ostki qismi; toʻnka.
-
Kunda kovlamoq.
-
Ismathoji qora movut chakmonining bir barini qayirib, yaqindagina kesilgan bir terak kundasiga kelib oʻtirdi. Oydin, Yamoqchi koʻchdi
-
U avval katta kundalarning tevaragini ketmon bilan chopishga boshladi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Ustida biror narsani chopish, qir-qish va shu kabilar uchun qilingan maxsus gʻoʻla.
-
Kudungchining kundasi. Kundaga qoʻyib chopmoq. Bolta tushguncha, kunda dam oladi. Maqol
-
Qassoblik qilmoqchi boʻlgan odam avvalo bir qoʻlini kundaga qoʻyadi-yu, bolta bilan chopadi. Agar chopilmasa, qassoblik qiladi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Uning koʻzi ayvon ustuniga suyab qoʻyilgan kunda va oshpichoqqa tushdi. S. Nurov, Narvon
3. maxs. Moyjuvozning oʻgʻirsimon tayanch yogʻochi, ichi oʻyilgan yoʻgʻon gʻoʻla.
-
Tangadek soya tushmaydigan daraxtsiz tashqari hovli oʻrtasida juvoz kundaga oʻxshash qoziq. Sh. Rizo, Qor yogʻdi, izlar bosildi
-
[Zigʻir moyi] bozorda sariq moydan ikki barobar qimmat-a! Kundadan chiqar-chiqmas, toʻylarga olib ketisharkan. S. Nurov, Narvon
4. Tokning tupi, zangi.
-
Chorvoqcha katta boʻlmasa ham, ikki tup olcha ikki kunda uzumi, bir-ikki tup qizil gul bor ekan. A. Qahhor, Oʻtmishdan ertaklar
-
Xomtok vaqtida kundadan oʻsib chiqqan novdalardan 2—3 ta eng yaxshisini qoldirib, boshqalarini tokqaychi bilan tagidan olib tashlash kerak. Gazetadan
5. tarixiy Bandilarning oyogʻiga uriladigan (solinadigan) maxsus yogʻoch asbob, taxta kishan.
-
Xatirchilik bandining bizni ozod qiladilar degan soʻziga haligacha ishonmay turgan bandilar ham, kishan va kundalarining ochila boshlaganini koʻrib quvonmoqda edilar. S. Ayniy, Qullar
-
Borsa, enasi oyogʻida kunda, boʻynida, oʻlib yotibdi. Murodxon.
ravish Har kuni. Kunda xabar olib turmoq.
-
Boring, Oʻrmonjon akamga rostini ayting shunday boʻlgan edi, bilmabman deng. Kunda-kunda oʻlgandan, bir kunda oʻlgan yaxshiroq. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari.
-
Kunda tushganini kunda joʻnatib turibman. S. Ahmad, Yulduz
KUNDA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КУНДА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kunda so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar