nozik
bilan ulashing
1. Yuksak mahorat va sanʼat bilan juda bejirim qilib ishlangan; nafis, latif.
-
Iskandarov havas va taajjub bilan binolarga, boy jihozlarga, ayniqsa, nozik sanʼat buyumlariga, eshik va derazalarga nazar tashlab qoʻyardi. Oybek, Nur qidirib
2. Ingichka; yupqa, harir.
-
Nozik ip.
-
Dutorning nozik torlaridan chiqqan Navo kuyi oʻz nolasiga tushunguvchi Otabekdek yigitlarga juda muhtoj edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
3. Yupqa, harir.
-
U gunafsha gulli nozik batis koʻylak kiyib, choyshabni tomogʻigacha tortib, jurnal oʻqib yotardi. Oydin, Hikoyalar
4. Bejirim, latif; xipcha.
-
Momiq paxtalar uning nozik barmoqlariga oʻzi ilashib chiqar, chanoqlar hayratdan ogʻiz ochib, silkinib qolardi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Iigit mahbubasining nozik qoʻllaridan tutib, oʻziga tortardi. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Murzin uning parishon sochlarini, nozik boʻyniga yopishgan mayin, jonsizgina soch tolalarini tomosha qilardi. Shuhrat, Shinelli yillar
5. Zaif, nimjon.
-
Nozik maysa.
-
Ukamni durustroq joyga oʻrnashtiring, oʻzi nimjon, nozikroq bola., shamollab-netib qolmasin. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Nozik, rang-barang parvonalar, kapalaklar lampa atrofida aylanar edilar. Oybek, Tanlangan asarlar
6. Muloyim, mayin va yoqimli, nazokatli.
-
Nozik tabassum.
-
Dilxiroj
-
oʻzining mayda qadami, nozik harakatlari bilan davraga kirib keldi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Xalq koʻnglini ovlagan, Ulfatda doim. Ovozi jonga yoqar, Nozik, muloyim. Q. Muhammadiy
-
U kuyning sehriga berilib, intizor koʻzlarini nozik yumdi, boshini quyi soldi. Shuhrat, Shinelli yillar
7. Salga sinadigan, uziladigan, yirtiladigan; boʻsh, moʻrt.
-
Nozik buyum. ya Olimovning qoʻlidagi yuklar hammanikidan ogʻirroq, nozikroq edi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
8. koʻchma Oʻziga xos qiyinchiliklari boʻlgan, alohida mahorat, malaka, bilim talab etadigan.
-
Gʻoʻza sugʻorish — nozik ish. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar.
9. koʻchma Oʻz ishini mayda ikir-chikirlarigacha yaxshi biladigan; usta.
-
Sekretarning otasi nozik gulchi edi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
10. koʻchma Alohida ehtiyotkorlik talab etadigan; qaltis.
-
Nozik masala. Nozik payt. Nozik ahvol.
-
Asrora oʻylab qarasa, koʻngil ishi nozik narsa ekan. S. Ahmad, Ufq
-
— Keyingi paytda zamon nozik boʻlib qoldi, — afsus bilan bosh chayqardi Oʻsar buxgalter. A. Koʻchimov, Halqa
-
Boʻlmasa, selpo raisligiday nozik lavozimda oʻn-oʻn besh yil muqim ishlash osonmi?!Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
11. koʻchma Alohida eʼtibor, mulozamat, takalluf talab etadigan, izzattalab.
-
Nozik mehmon.
-
— Xoʻjayin band, oldilarida nozik odam bor. Majlis qilishyapti, — dedi sekretar. S. Abduqahhor, Sanamay sakkiz dema
12. koʻchma Qichiqli; injiq.
-
Boboqulning koʻzlaridagi nozik kinoya uning izzat-nafsiga xanjardek qadaldi. Oybek, Navoiy
13. Nozik (xotin-qizlar ismi).
nozik soʻzi qatnashgan jumlalar:
Nozik tabiat
-
Shu qadar ziq, nozik tabiat boʻlib qolgani uchun Begimxon koʻp dakki eshitdi. I. Rahim, Chin muhabbat
Koʻngli nozik
Nozik did yoki didi nozik
-
Nozik didli rassomlarni ham hayratda qoldiradigan oynadagi naqsh [Elmurodning] xayolini band etdi. Shuhrat, Shinelli yillar. Nozik joyi Kamchiligi, aybi
-
Aziza Yodgorning nozik joylarini yaxshi biladi. Shuncha koʻrgiliklari evaziga eridan qasos olishga ahd qildi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
NOZIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
НОЗИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
nozik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar