kun
bilan ulashing
1. Quyosh, oftob.
-
Kun tepadan tigʻ urayotganda, mashina obodgina bir qishloqqa kirib keldi. S. Ahmad, Ufq
-
Mana, kun ham terak boʻyi koʻtarilib qoldi. S. Yunusov, Kutilmagan xazina
-
Nuktadon Mutrib darhol hovlisining kichikligidan kun tushmasligiga ishora qilib, payrov bilan javob berdi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
2. Sutkaning quyosh chiqqandan quyosh botgungacha boʻlgan qismi.
-
Hasanali kunlarini tomoqsiz, tunlarini uyqusiz kechira boshladi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Boʻlmasa, men qaytay, kun ham kech boʻlyapti. S. Karomatov, Oltin qum
3. Bir kecha-kunduzga — 24 soatga teng vaqt; sutka.
-
Bir yil — 365 kun.
-
Uch-toʻrt kungacha Avaz mozoristondan chiqmadi. S. Siyoyev, Avaz
-
Oʻshandan uch-toʻrt kun oʻtgach, yangi gap chiqib qoldi. E. Raimov, Ajab qishloq
-
Bu chiroq singilchamning qoʻlidagi ruxsatnoma desam ham boʻladi — roppa-rosa yigirma kunga berilgan. X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
4. Oy yoki haftaning maʼlum bir kalendar sanasi; maʼlum bir hodisaga bagʻishlangan kun, sana.
-
Shanba kuni siz keling, yakshanba kuni men boray. Qaysi kunlarda uyda boʻlasiz? — Chorshanba, juma kunlari. Quruvchilar kuni.
-
Qadimiy va hamisha navqiron Samarqand shahrida qishloq mehnatkashlari uchun anʼanaviy teatr kunlari boshlandi. Gazetadan
5. koʻplik shaklida Kunlar bilan belgilanuvchi vaqt, payt, kez, davr.
-
Bolalik kunlarimda, Uyqusiz tunlarimda Koʻp ertak eshitgandim. H. Olimjon
-
Erkin kunlar kelur, istiqbolimiz yorqin, toleimiz baland boʻlur, albatta. Oybek, Nur qidirib
6. Ob-havo, ob-havo sharoiti.
-
Mayning oʻrtalari boʻlsa-da, kun issiq edi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Noyabr oʻrtalab, kunlar sovigan edi. S. Ahmad, Yulduz
-
Javzo kirdi. Kunlar isib, arpa pishdi. K. Yashin, Hamza
7. Ayrim soʻzlar bilan qoʻllanib, ahvol, sharoit maʼnosini bildiradi.
-
Boshingizga ogʻir kun tushdi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Tursunoyning kuniga uchrab, yosh joningizga jabr qilmang, deyman. H. Nosirova, Men oʻzbek qiziman
-
Shomurod dodxohning kunini mening boshimga solarding, odamxoʻr qotil! K. Yashin, Hamza
kun soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bir kun(i)
-
Bir kuni u ikkita kino bileti koʻtarib keldi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Siz-ku, ota, bir kuni borib, joningizni yaratganga topshirib, bu azoblardan qutulib ketasiz. K. Yashin, Hamza
Bir kun emas, bir kun
-
Xudo haqqi, bir kunmas, bir kun choʻmich bilan tushirib qolaman-da! Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Birisi kun(i)
-
Birisi kuni, namozi asrga azon aytilgan vaqtda seni Qoʻydarvoza yonida kutaman. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Bu kuningdan Bu ahvolingdan koʻra bundan koʻra.
-
Oʻl, ahmoq. Bu kuningdan oʻlib qoʻya qolganing yaxshi Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Ish kuni
-
Ish kuni tugadi.
Kun bermaslik
-
ikkovingni mutaassiblar sazoyi qilishadi, kim koʻrsa, dakki beradi, bir soʻz bilan aytganda, sizlarga kun berishmaydi. K. Yashin, Hamza
Kun yoʻq
-
Bu yerda yalangoyoqlar, boshkesarlar, oʻgʻrilarning dastidan hech kimga kun yoʻq! Choʻlpon, Kecha va kunduz
Kun kechirmoq (yoki koʻrmoq, oʻtkazmoq)
-
asrlar davomida qaram boʻlib kun kechirishga mahkum etib kelingan xotin-qizlar K. Yashin, Hamza
-
qachongacha xor-zor yashaymiz, qachongacha och-yalangʻoch kun koʻramiz. K. Yashin, Hamza
-
Ular [chol va kampir] ovchilik bilan kun oʻtkazar ekanlar. Chalpak yoqqan kun
Kun tartibi
Kundan-kun(ga)
-
Bemor kundan-kunga beri qaramay boshladi. Kundan-kun (ga) ishlar yaxshilanib bormoqda.
Kuni bitmoq
-
Goʻdakning rizqi tugab, kuni bitgan. Taqdiri azalda bitilgani shunday boʻlgach, na chora! K. Yashin, Hamza
-
Boʻlmasa, unga keyin tushuntirib qoʻyarsiz. Gap shunday: u xoʻjayinlariga kunlari bitganini yetkazsin. Qancha tezroq yoʻqolishsa, oʻzlariga shuncha yaxshi boʻladi. K. Yashin, Hamza
Kun(i) tugʻdi
-
— Endi sening ham kuning tugʻdi. Odam boʻl! — dedi Davlatyor va mollarni qaytara boshladi. P. Tursun, Oʻqituvchi
Kunini koʻrsatmoq
-
Kuningni koʻrsatib qoʻyaman.
-
otangga aytib beraman, kuningni koʻrsatadi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
Mehnat kuni
Oy chiqsa ham unga, kun chiqsa ham unga
Tunov kuni
-
Tunov kuni koʻrgan edim.
-
Tagida tutun burqsayotgan bak oldida tunov kuni mirshablarning kichigi S. Ahmad, Ufq
Tun-u kun
Oʻlgan(i)ning kunidan
Qaysi kuni
-
Oxirgi soʻzlarni oʻqir ekan, Gavhar maʼyus boʻlib qoldi. Qaysi kuni markazdan kelgan vrach Hanifa xolaning kasali rak ekani, sanoqli kunlari qolganini aytgan edi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Qulogʻidan kun koʻrinadi
KUN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КУН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kun so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar