lavha
bilan ulashing
1. Silliqlangan tosh yoki metall taxta.
-
Oppoq marmar lavha ustiga qoʻyilgan siyohdon juda yarashigʻliq edi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
2. Xotira yoki qisqacha tarixiy maʼlumot yozib, biror joyga oʻrnatib qoʻyilgan tosh yoki metall taxta va unga yozilgan matn, xat.
-
Qahramon xotirasiga oʻrnatilgan lavha.
-
Qutidor lavha qarshisida edi. Lavhani oʻqib chiqqandan keyin u ham piq-piq yigʻlab yubordi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
3. Voqea, hodisa va shu kabilar haqidagi kichik asar yoki parcha.
-
Kino lavha. Paxtakorlar hayoti haqida lavhalar.
-
Xayolimning oltin qayigʻi Suzar ekan bagʻringda magʻrur, Jilva bilan keksa tarixning Lavhalari bir-bir koʻrinur. Uygʻun
-
U otasining suhbatini sevar, grajdanlar urushiga doir lavhalarni sevib tinglar edi. Shuhrat, Shinelli yillar
4. poligr. Kitobning boshiga, bob va fasllarining avvaliga sahifaning eni boʻylab solingan naqsh.
5. Koʻrinish, manzara.
-
Tezguzar da boʻldim. Oʻtmish asrlarning xarobazor, vahima, choʻl lavhalaridan iz ham qolmagan. Tuygʻun, Yillar va kishilar
-
Navoiy hayot lavhalari va tabiat manzaralarini tasvirlashda ham mohir sanʼatkordir. Vatan adabiyoti
LAVHA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЛАВҲА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
lavha so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar