lopilla
bilan ulashing
1. Yon-veriga chayqalmoq; baland-pastga chayqalmoq; lapanglamoq.
-
Koʻchadan birov lopillab oʻtib ketdi. Koʻprik lopillab turibdi.
-
Oyshabonu yuzini roʻmol bilan yopib, lopillab kirib keldi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Xona goʻyo qayiqday dam u yoqqa, dam bu yoqqa qiyshayib, lopillaganday boʻlardi. Mirmuhsin.
2. Lop-lop qilmoq (alanga haqida).
-
Yerga tushgan chiroq bir-ikki lopilladi-yu, avval koʻk, keyin qizgʻish alanga koʻtarildi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
3. sheva Lof qilmoq, vahima qilmoq.
-
— Lopillama! — uni bosib qoʻydi Sherali. S. Karomatov, Oltin qum
LOPILLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЛОПИЛЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
lopilla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar