lovulla
bilan ulashing
1. Kuchli alangalanmoq, alanga taratmoq.
-
Elmurod pechkada lovullab yonayotgan oʻtga tikildi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Quruq oʻtin bir zumda lovullab yonib ketdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
2. koʻchma Qattiq qizimoq.
-
Quyosh tik kelgan. Havo lovullab yonadi. Oybek, Qutlugʻ qon
-
Qizning yuragi xuddi tuzoqqa tushgan qushdek pitirlab urar, yuzi lovullab yonardi. O. Yoqubov, Bahor kunlaridan birida
-
Yuzlari qizarib-boʻrtib, quloqlarigacha lovullab ketgan Gulxayri togʻasiga oʻgirildi. S. Nurov, Narvon
3. koʻchma Birdan qizishib ketmoq, tutaqmoq.
-
Lutfiniso: Voy, juvon oʻlgur! deb, labini tishladi. U shamol teggan olovdek, lovullab ketdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Ehson u vaqtda birdaniga lovullagan muhabbatning oqibatini soʻraganda, gapirgani gap topilib, andak xijolatlikdan chiqdi. A. Qahhor, Sarob
LOVULLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЛОВУЛЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
lovulla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar