loy
bilan ulashing
1. Nam taʼsirida yoki suv bilan qorishib, yumshoq va yopishqoq massa holiga kelgan tuproq.
-
Yomgʻir yogʻdi — koʻcha loy boʻldi. Mashina loy sachratdi.
-
Bola suvni koʻp sepib, yerni loy qilib yuborgan edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Deyarlik har qadam-da bir poy kavushi oyoqdan tushib, loyga botar, qiz engashib olar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Suv ostiga oʻtirib qolgan togʻ jinslaridan, qum, tuproq zarrachalaridan hosil boʻlgan choʻkindi; balchiq (Baʼzi turlari shifobaxsh boʻlib, davolash maqsadlarida ishlatiladi).
-
Ariqning loyini tozalamoq.
3. Tuproqni suvga qorib, baʼzan somon, jun kabi narsalar aralashtirib tayyorlangan maxsus qurilish materiali.
-
Somonli loy. Kulol loyi. Loy qilmoq. Loy pishitmoq. Loy suvoq.
-
Sovuqda loy qorib, oyogʻimiz kesak, burnimiz sholgʻomday boʻlib ketdi. E. Raimov, Ajab qishloq
loy soʻzi qatnashgan jumlalar:
Loy boʻlmoq
-
Adolat ajriq kovlagan edi, barmogʻi loy boʻldi. I. Rahim, Chin muhabbat;
Ishning tagi
Loy chaplamoq
-
Firibgarlik, zimdan uzatilgan qancha-qancha pora obroʻli kishilarni jarga uloqtirdi, vijdonlariga loy chapladi. Gazetadan
Loyga bulgʻamoq (yoki belamoq)
-
Butun Oltinsoyga mazax boʻlganingni bilasanmi? Or-nomusimni loyga belading, dogʻ oʻlguncha ketmaydigan boʻldi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli.
Suv boshidan loy
-
— Agar komissiya raisi, — dedi Shukur, — tuzuk odam boʻlsa edi, Oʻrmon polvonning gapiga kirib surishtirmasdan, tekshirmasdan shuncha urardimi? — Suv boshidan loy, — dedi Gʻoyib. S. Ayniy, Qullar.
LOY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЛОЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
loy so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar