lutf
bilan ulashing
1. Iltifot, marhamat, olijanoblik.
-
Agʻyorlarga lutf ila ehson qachongacha? Muqimiy
-
Ular, goʻyo bu lutf-u iltifotdan xijolat chekkanday, bir zum jim qolishdi. O. Yoqubov, Koʻhna dunyo
2. ad. Soʻz yoki gapni bir necha maʼnoda ishlatishga asoslangan soʻz oʻyini; qochirim.
-
Yoshlarning bu samimiy, chiroyli lutflari Muqimiyning zavqini keltirdi. S. Abdulla, Mavlono Muqimiy
lutf soʻzi qatnashgan jumlalar:
Lutf qilmoq (yoki aylamoq)
-
Nigohing tashlagil, lutf aylabon, ey shoʻxi beparvo. Uvaysiy
-
eshon mehribonlik bilan lutf qilib, meni hujrayi xoslariga chaqirdilar. Gʻ. Gʻulom, Shum bola
Lutf qilmoq (yoki etmoq, aylamoq)
-
Buyuk Alisher lutf etgan misol, Savod oʻrgatdingiz qancha ranj bilan. A. Oripov;
-
Mutrib lutf qildi: — Siz Matyusufning qulogʻini buramaysizmi, Roʻzimboy! — Kulishdilar. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Onasining lutf qilib aytgan soʻzlari Boburning hujradan olgan zavqini yana bir bor oshirdi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
LUTF so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЛУТФ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
lutf so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar