lungi
bilan ulashing
1. Hammomga kirganda, beldan pastni berkitish uchun bogʻlanadigan mato.
-
Afandi bir kuni hammomga tushgan edi, hammomchi uni nazarga ilmay, eski tos, yirtiq lungi berdi. Latifalar
2. eskirgan Sartaroshlikda soch-soqol oldiruvchi kishining koʻksiga tutiladigan sochiq.
-
Moʻysafid sartarosh uni [Yoʻlchini] kursiga oʻtqazib, kirdan qatirmalanib yaltiragan lungini boʻyniga ilib, boshini ishqalay boshladi. Oybek, Tanlangan asarlar
3. sheva Sochiq, piyola sochiq.
-
Samovarda choyfurushning bir oʻzi mogʻor lungisi bilan yelpinib oʻtirar edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
lungi soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qoziq lungi, qoziqlungi
LUNGI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЛУНГИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
lungi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar