lunj
bilan ulashing
Ogʻiz dahlizining ikki yon qismi va uning tashqi tomoni.
-
Bolalar lunjlarini shishirib, qamish surnay chalishar edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Xoxolashib turgan bolalar orqasida chap lunji qizargan Rahim paydo boʻldi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
-
Feruz nonni olib, kattagina tishladi-da, lunjini toʻldirib chaynay boshladi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Rangi siniqib, semiz lunjlari xaltadek osilib qoldi. N. Aminov, Suvarak
lunj soʻzi qatnashgan jumlalar:
Lunji (yoki lab-lunji, qovoq-lunji)
-
— Ana yigit-u, ana gap-u, — dedi qiz. Rayimning lunji osildi, qovoqlari uyildi. Sh. Gʻulomov, Yorqin ufqlar
-
Otamning qovoq-lunji osildi. Men boʻlsam, nima deyishimni bilmay, yerga qarab oʻtirdim. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
LUNJ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЛУНЖ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
lunj so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar