luqma
bilan ulashing
1. Ozgina, bir yutum, bir osham (ogʻizdagi) taom.
-
Oʻzining javob berishi lozim boʻlganligini sezgan Usmon polvon ogʻzidagi luqmani tez-tez yutib oladi. A. Qodiriy, Obid ketmon
-
Hosil tagida lazzat, Oshning soʻnggi luqmasi Q. Muhammadiy
2. Bir luqma Umuman, ozgina, oz miqdorda.
-
Elmurod qayoqqa qaramasin, ovqatni koʻrar, hidi dimogʻiga urar, lekin ulardan oʻziga qachon bir luqma tegishini bilmasdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
luqma soʻzi qatnashgan jumlalar:
Luqmayi halol
-
Mehnatkash xalq dunyoda eng azizdir, Luqmayi halol, peshona ter lazizdir. Habibiy
-
Goʻrsoʻxta domla ogʻzidagi luqmani ham eplab yutolmaydi. A. Qodiriy, Obid ketmon
Birov gapirayotganda, uning gapiga javob, izoh, soʻroq tariqasida boshqa kishi tomonidan qoʻshiladigan gap, soʻz.
-
Abdurahmonov luqmalarga eʼtibor bermadi Oʻzbekiston qoʻriqlari
-
Shunday qilib, kulgi, qiyqiriq va har xil luqmalar osti-da besh kishi sahnaga chiqdi. M. Xayrullayev, Tilla marjon
luqma soʻzi qatnashgan jumlalar:
Luqma tashlamoq (yoki solmoq)
-
— Sen gapirganda, Sherbek jim oʻtirgan edi! — kimdir luqma tashladi. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Oʻrmonjon luqma soldi: — Nima jihatdan yaramaydi, ilmi yetmaydimi? A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
LUQMA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЛУҚМА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan LUQMA so‘ziga berilgan ma’nolar
luqma so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Keyingi 10 ta so‘z
luqma so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar