lozim
bilan ulashing
1. modal so‘z Kerak, zarur.
-
Unga [Unsinga] dardlarini oʻrtoqlashuvchi sirdosh — qaygʻudosh lozim edi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Xoʻjaligimizda odam serob, lozim boʻlsa, yangi xoʻjalikka otlanamiz. Oʻzbekiston qoʻriqlari
-
Narzi sevgan qizining nomini uning nomi bilan bir qatori qoʻyishning lozimi qolmadi. N. Safarov, Olovli izlar
2. Harakat nomi shaklidagi feʼlga birikib, shu feʼldan anglashilgan harakatning bajarilishi talab etilishini, kerakligini bildiradi.
-
Aytish lozim. Kechirish lozim.
-
Boʻgʻoz quyonlarni homiladorlik davrida oʻz vaqtida sifatli ozuqa va toza suv berib parvarish qilish lozim. Fan va turmush
-
[Tarjimon] Badiiy asar yoki hujjatni bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilmoqchi boʻlsa, u avvalo oʻsha originalning tom maʼnosini chuqur bilmogʻi lozim. X. Yodgorov, Hayot toʻlqinlari
lozim soʻzi qatnashgan jumlalar:
Lozim topmoq (yoki koʻrmoq)
-
Tabib ham Meʼmorning ogʻir musibat bilan Buxoroga ketayotganini maʼlum qilishni lozim topmadi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Osongina qoʻlga kiritilgan oʻljadan havolangan dushmanlar oʻq otishni lozim koʻrmadi. Gazetadan
-
Sidiqjon bostirmaning orqasiga oʻtib, yaktak, lozim bilan choriqni kiydi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Barat polvon kavushini yechdi lozimini himardi va Shayton polvon belidagi belbogʻni olib bogʻladi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Nurioy, oyingizdan toʻrt gazgina chit olib berasiz Lozim qilib kiyaman, unutmang. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Pochasiga jiyak tikilgan lozimi tovonigacha tushib turibdi. H. Gʻulom, Mashʼal
LOZIM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЛОЗИМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
lozim so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar