makon
bilan ulashing
1. Vaqtning muayyan lahzasida olamni tashkil etgan nuqtalarning oʻzaro joylashish tartibini aks ettiruvchi, materiyaning masofa va hajm bilan belgilanadigan asosiy obyektiv yashash shakllaridan biri.
2. Turarjoy, yashash joyi; maskan, vatan.
-
Birga-birga makonima boraylik, Sendayin miskinning koʻnglin olaylik. Shirin bilan Shakar
-
Umrim bino boʻldi Ozarbayjonda, Kechdi bolaligim u gul makonda. M. Shayxzoda.
-
Ular [uch ogʻayni botirlar] tushgan toʻqayning narigi tomonida bir sherning makoni bor edi. Ertaklar
-
Otaginangning chaylasiga yur. Sen ketgandan beri makonim shu yer. H. Gʻulom, Mashʼal
3. Biror narsa toʻplangan yoki koʻp boʻlgan joy; kon.
-
Kampirning mish-mishlariga koʻra, ajina va alvastilar makoni boʻlgan bu ovloq joy obod bir sayilgoh boʻlib qoldi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Bagʻring keng, yering oltin, orombaxsh, goʻzal, obod, Bagʻringni, orzuyim bor, kuylarga makon etsam. T. Tula.
makon soʻzi qatnashgan jumlalar:
Makon qilmoq (yoki etmoq, topmoq, tutmoq)
-
Sen bechora, notavon kimsa — makon qilding gullar yurtini. Sh, Rahmon
-
Turmush ostonasin hatlab oʻtdilar, Sevgi qoʻrgʻonida makon etdilar. M. Alaviya.
-
Makon tutsam endi qayerda, Qayon boshlar esa iqbolim. E. Vohidov.
MAKON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МАКОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
makon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar