manyovr
bilan ulashing
1. harb. Qoʻshin yoki flotning dushmanga zarba berish maqsadida eng qulay vaziyatni egallash uchun qiladigan harakati; qoʻshin yoki flotning taktik mashgʻuloti, mashqlari.
-
Manyovr oʻtkazish taktikasi.
-
Faqat yaxshi oʻylanib tuzilgan manyovr bilangina dushman qarshiligini sindira oldik. N. Safarov, Olovli izlar
2. t. y. Stansiyada poyezd ulash uchun parovoz va vagonlarni u yoʻldan bu yoʻlga koʻchirish.
-
Dalaga yoyilgan traktorlar, temir yoʻl stansiyalarida manyovr qilayotgan parovozlarday, gurullashib harakat qilmoqda. S. Ayniy, Qullar
3. Samolyot, kema va shu kabilarning toʻsiqqa yoki dushmanga chap berish uchun oʻz yoʻnalishini oʻzgartib qiladigan harakatlari.
-
Butun batalon samolyotning tepalikni qidirayotganini bildi, dushman zenitiga chap berib manyovr qilayotganini tushundi. I. Rahim, Chin muhabbat
MANYOVR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МАНЁВР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
manyovr so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar