manzil
bilan ulashing
1. Safarda, yoʻlda toʻxtab oʻtiladigan, qoʻnib turiladigan yoki yetib borish moʻljallangan joy.
-
Bir necha minutdan keyin qiz bilan yigit manzilga yaqinlashdilar. S. Ayniy, Doxunda
-
Shahristonga hozirgina kirib keldim. Tunamoqqa manzil istayman. Q. Mirzo, Olam goʻzal
2. koʻchma. Kurash, harakat natijasida erishilishi moʻljallangan marra.
-
Manzilga yaqinlashgan sari, sezgimiz oʻtkir, qilichimiz keskir boʻlishi lozim. Uygʻun, Navbahor
3. Yoʻlning bir toʻxtash joyidan ikkinchi bir toʻxtash joyigacha boʻlgan masofa.
-
Bir manzil, ikki manzil yoʻl yurib borayotir edi, oldidan bir kampir chiqdi. Ravshan
4. Turarjoy, istiqomatgoh.
-
Birdan pastdan, togʻ qazuvchilar manzilidan shodiyona qichqiriqlar koʻtarildi. M. Ismoiliy, Fargʻona t. o.
MANZIL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МАНЗИЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
MANZIL so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan MANZIL so‘ziga berilgan ma’nolar
manzil so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
manzil so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing