ko‘zla
bilan ulashing
1. Biror narsa yoki maqsadni koʻzda tutmoq, moʻljallamoq va oʻshanga erishish uchun harakat qilmoq.
-
Tinchini koʻzlamoq. Davlat manfaatini koʻzlamoq. Mahsulot chiqarishni koʻpaytirishni koʻzlamoq.
-
Joʻrabek koʻzlagan maqsadiga yetdi azamat. Mirmuhsin, Qulamas qoya
-
Oqilaxon ona, ishning foyda chiqadigan tomonini koʻzlayverganingiz maʼqul. A. Qahhor, Ogʻriq tishlar
2. Moʻljalga, nishonga olmoq, moʻljallamoq, poylamoq.
-
Hozir boʻsh kelsam, meni koʻkragi bilan itarib yuboradigan. Agar tegsa, men ham tushiraman, deb lunjini koʻzlab turibman. H. Nazir, Yonardaryo
-
Koʻzdan koʻzlab otgaysan, Yoy tortgin, Shodmon mergan! Gulnorpari
3.
ko‘zla soʻzi qatnashgan jumlalar:
Olisni (yoki uzoqni) koʻzlamoq
-
Eshon olisni koʻzlaydi. N. Safarov, Sharq tongi
-
Saralash, tanlash katta maqsad, uzoqni koʻzlab qilinadi. S. Anorboyev, Yoʻlda yoʻldosh boʻlganlar
KO‘ZLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КЎЗЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ko‘zla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar