ko‘zli
bilan ulashing
1. aniqlovchi soʻzlar bilan Koʻzi bor.
-
Qora koʻzli. Katta koʻzli. Qisiq koʻzli. Shisha koʻzli odam
-
Miryoqubday qora va chiroyli koʻzli ozoda va shirin soʻzli erkakni qaydan topib boʻladi? Choʻlpon, Kecha va kunduz
2. Koʻzga oʻxshash teshigi, izi yoki oʻrni bor.
-
Mayda koʻzli toʻr. Olti koʻzli deraza. Koʻp koʻzli taxta. Brilliant koʻzli uzuk.
-
Gulnor oddiy qizil tosh koʻzli kumush uzukni choʻntagidan olib, Unsinga koʻrsatdi. Oybek, Tanlangan asarlar.
3. koʻchma Narsalarning mohiyatiga tushunadigan, biladigan; koʻzi oʻtkir.
-
Shokirjon aka birda bu bozorga ishi tushmagan odam boʻlganligi uchun, aldanib qolmayin deb, bozordan koʻzliroq tanish odam qidirdi. S. Abdulla, Dami chiqib ketdi
-
Keyin [akademik] Meliqoʻziga qaradi: — Koʻzli dehqon ekansan, ukam. Tan berdim. Y. Shamsharov, Qahramonlik yoʻli
-
— Ha, endi qish chiqdi, — deyishdi koʻzli dehqonlar. — Ertadan ekin-tikin payiga tushish kerak. R. Rahmon, Mehr koʻzda.
4. so‘zlashuv tili Koʻz-nazari yomon taʼsirli, koʻzi tegadigan, koʻzi yomon.
-
Koʻzli odam qattiq tikilsa, otdan qulatadi.
KO‘ZLI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КЎЗЛИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ko‘zli so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar