mil
bilan ulashing
1. Miltiq, toʻpponcha kabi otish qurollarining oʻq otilib chiqadigan naysimon qismi.
-
Mehmonxonaning qator uch eshigi miltiq mili sigʻarlik oʻlchakda bir necha joydan teshildi. S. Ayniy, Qullar
2. Baʼzi asbob yoki narsalarning naysimon qismi.
-
Solihboy atrofga olazarak nazar tashlab, chilim milining uchini ushlab chekadi, oʻzi esa Jamiladan koʻzini uzmaydi. F. Joʻrayev, Obid Jalilov
Turli oʻlchov va nazorat asboblarining oʻz oʻqi atrofida aylanib, oʻlchanayotgan narsa miqsorini koʻrsatuvchi bosh qismi, yassi va uchli qismi.
-
Soat mili. Kompas mili,
-
Roʻparadagi yumaloq tarozi siferblati ustidagi mili harakatga keldi. S. Anorboyev, Yoʻlda yoʻldosh boʻlganlar
-
darvozaning peshtoqidagi elektr soatning millari nol-nolni koʻrsatib turardi. M. Xayrullayev, Tilla marjon
k. Milya.
-
Togʻlar, okeanlar, millar oshdi u. A. Muxtor
Uchi ingichka, keskir temir asbob (tarixda: qizdirib, kishi koʻzini koʻr qilish uchun ishlatilgan).
-
Bobur darvozadan kirsin, keyin tuttirib, koʻziga mil torttirmoq kerak. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
Oʻsma, surma qoʻyish uchun ishlatiladigan asbob, surmachoʻp.
-
Qoshingning qoraligi mildanmidi, Belingning nozikligi qildanmidi? M. Alaviya, Xalq qoʻshiqlari
MIL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МИЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
MIL so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan MIL so‘ziga berilgan ma’nolar
mil so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
mil so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar