min
bilan ulashing
1. Biror narsaning ustiga (odatda ot-ulovga) oyoqlarni ikki yoqqa solintirib oʻtirib olmoq.
-
Tuyaga minmoq. Mototsiklga minmoq. Ot kimniki — minganniki. Maqol
-
Yormat aravaning har qismiga razm solib, keyin chaqqonlik bilan otga mindi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Boʻtaboy azim tup yongʻoqqa tirmashib, bogʻ devoriga mindi. S. Ahmad, Hukm
2. sheva Transport vositalariga chiqmoq, oʻtirmoq.
-
Aravaga minmoq. Tramvayga minmoq. Mashinaga minmoq.
-
U yerdan odatda kemaga minilar, Chorjoʻyda oʻtaravaga oʻtirish kerak edi. S. Siyoyev, Avaz
-
Boboqul ota Qaynardan qaytishda Toʻlamat moʻylovning pichan ortilgan avtokachkasiga minishga majbur boʻldi. S. Anorboyev, Oqsoy
3. sheva Transport vositalarining biror turini boshqarmoq, haydamoq.
-
Mashina minmoq. Arava minmoq.
-
Jon figʻon bundan besh-olti yil burun qaysi bir idoraning izvoshini minar ekan, kirakashlik qilib, qoʻlga tushgandan keyin haydashibdi. A. Qahhor, Jon-figʻon
-
Arslon chiroyli kostyumlarini garderobga ilib, kombinezon kiyib, universal mindi. Mirmuhsin, Yashiringan kuch
4. koʻma. Oʻtirmoq, inmoq.
-
Bulbul ketib, bogʻda navosi tindi, Yulduz yelkasiga goʻyo togʻ mindi. B. Boyqobilov, Sadoqat
5. Amal, mansab mazmunli soʻzlar bilan qoʻllanib, shu soʻz bildirgan vazifa, lavozim. mansabni egallamoq maʼnosini bildiradi.
-
Nodon Anvar oʻrdadan quvlanish yeri-da sarmunshiylik masnadiga minmoqchi! A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Amalga yangi mingan hovliqma odamdek burnini koʻtargan. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Aʼzam Mirahmedov bosh vrachlik lavozimiga mindi-yu, xoʻmrayib kirib, chimirilib chiqadigan boʻldi-qoldi. Mushtum
6. Avj, gʻazab kabi ayrim soʻzlar bilan qoʻllanib, shu soʻzlar bildirgan holatning yuz berishi maʼnosini bildiradi.
-
Beoʻxshov choʻlning daydi shamoli avjga mingan. F. Nurullayev, Boʻz yigit
-
— Toʻxtat deyapman senga! — lablari pirpirab, jahlga minib baqirdi rais. Mushtum
-
Sovuq chunon qahriga minganki tishimiz tishimizga tegmay qaltiraymiz. O. Husanov, Qoʻshiqchining taqdiri
min soʻzi qatnashgan jumlalar:
Yelkasiga (yoki boʻyniga) minmoq
-
Salimboyvachchaning yelkasiga minish uchun Gulnor qurbon boʻlishi kerak. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Kelinim oʻlgurning burnini bir yerga ishqab bermasangiz, bolaginamning boʻyniga minib oldi. S. Ahmad, Saylanma
Yerni minib olmoq
-
Tangriqul hoji katta hamyonini —uzangi, chorakor batraklarni —
-
jilov qilib, yerni maʼlum darajada minib olgan edi. Gʻulom aka yerni minolmas edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari.
MIN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МИН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
min so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar