momiq
bilan ulashing
1. Paxtaga ishlov berish jarayonida tolasi ajratib olingan chigitda qoladigan kalta toladan tayyorlanadigan mayin paxta.
-
Paxtaning momigʻini askar bolalarning yarasiga bosishibdi. Yoshlik
-
Sobira opa koʻzgu oldida bir tutam momiq paxta bilan yuz-koʻzlarini artayotgan qiziga qarab urisha ketdi. M. Xayrullayev, Tilla marjoy
2. Umuman, ochilgan, terilgan paxta.
-
Ho-zir chevar qoʻllar ham, mashina bunkerlari ham loʻppak momiqlarni miriqib qamraydigan damlar. Gazetadan
-
Chanoqlarda koʻpirib turgan oppoq momiqlar quyoshning zarrin nurida misoli olmosdek tovlanadi. Gazetadan
3. Yumshoq yung, tivit.
-
Nazokat qorakoʻl yoqali palto, momiq roʻmol oʻrab olgan. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
4. koʻchma Paxtaday oppoq, yumshoq, luppi, momiqday.
-
Yigitali torting degan maʼnoda Laʼlining bilaklaridan ushladi. D. Nuriy, Osmon ustuni
-
Guppa-guppa yogʻar edi momiq qor. J. Jabborov
MOMIQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МОМИҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
momiq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar