monand
bilan ulashing
1. kitobiy 1 ayn. oʻxshash.
-
Oʻlkamiz jannatga monand. Gʻ. Gʻulom
-
Misoli yoʻq latofatda muloyim gul badanlarda, Takallum qilsalar monandi yoʻq shirin suxanlarda. Habibiy
2. Mos, muvofiq.
-
Brigada aʼzolaridan yana biri ismi jismiga monand Barno Hojiyevadir. F. Nurullayev, Boʻz yigit
-
Orif otaning oʻzini yosh yigitlardek tutib, gapga monand muqom qilishlaridan kulishardi. R. Fayziy, Hazrati inson
3. {b.k. s. bilan) koʻm. vzf. Oʻxshatish, qiyos bildiradi; kabi, oʻxshab.
-
Qotillik ham qilay mayli Otello monand. A. Oripov, Yillar armoni
-
Biri yulduz monand, biri oy monand, Kelur ustozlarim chaqnab, yaraqlab. Mirtemir, Oʻylar
MONAND so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МОНАНД so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
monand so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar