nahs
bilan ulashing
1. Gʻusl qilmagan, nopok.
2. soʻk. Iflos, nopok; razil, palid.
-
— Boʻlib qolding, nahs! — deydi Mirvali bangi, — yetti otangning oʻrasi ham bunchalik bugʻdoyni koʻrmagan. A. Qodiriy, Obid ketmon
-
Yoʻq boʻl, nahslar, shumgʻiyalar! Hamza
3. koʻchma s. t. Ishi oldinga bosmagan, yurishmagan.
-
[Mulladoʻst:] Bu dunyo hamma yogʻidan bizni safar qochdi qilgan, oʻshaning uchun ellik toʻrtga kiribmanki, iqbolim nahs, falokatdan sira ajralolmaydi. Hamza, Maysaraning ishi
nahs soʻzi qatnashgan jumlalar:
Nahs bosgan yoki nahsda qolgan
-
— Mening holimga rahm qiling, xoʻjayin! — Sen nahsda qolgansan. Senga yordam qilishning foydasi yoʻq. S. Ayniy, Doxunda
-
Cholning gʻazabi tutaqdi. Oʻgʻlini shumqadam, nahs bosgan, deb soʻkdi. Oybek, O. v. shabadalar
NAHS so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
НАҲС so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
nahs so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar