najot
bilan ulashing
1. Xalos boʻlish, qutulish.
-
Najot bermoq. Najot topmoq. Najotga chiqmoq.
-
Faryod urib yigʻladi Shahlo, Koʻkni bosib ketdi nolasi. Yum-yum yigʻlab, sochini yuldi, Boʻlmadi hech najot chorasi. T. Tula
-
Yaratganning oʻzi najot bersin, ollohu akbar. N. Safarov, Sharq tongi
-
Usta Farfi davom etib dedi: bir maktub sababi bilan kutmagan joyda dor ostida najotga chiqqanlar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. Qutulish yoki qutqarish uchun zarur yordam, koʻmak.
-
Zolimdan najot kutish befoyda, mahol. Gʻayratiy
-
Oʻgʻlining dardi bilan choʻkkan Oysha xola najot istab, Yoqutbikaning oldiga bordi. J. Sharipov, Xorazm
NAJOT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
НАЖОТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
najot so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar