natija
bilan ulashing
1. Ish-harakat, voqea-hodisadan pirovardida kelib chiqqan oqibat; ish-harakat, voqea-hodisadan kelib chiqqan koʻrsatkich.
-
Elmurod boʻlar ish boʻldi, endi tishni tishga qoʻyib, natijani kutish kerak, deb oʻzini ovutdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
2. so‘zlashuv tili Foyda, naf; samara.
-
Toʻsatdan boshlangan hujum yaxshi natija bermadi. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Poʻlat otaning tepasiga kelib, uni gʻazabga olishdi, avrashdi — natija chiqmadi. K. Yashin, Hamza
3. Fikr, muhokamaning mantiqiy yakuni; xulosa.
-
Natija chiqarmoq. Natijaga kelmoq.
-
Koʻrinishdan natija chiqarib aytganda, bu qiziq majlis uning [Kumush] uchun bazm oʻrnini emas, aza joyini tutgandi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
NATIJA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
НАТИЖА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
natija so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar