nihol
bilan ulashing
1. Yosh novda yoki koʻchat.
-
Yosh niholga ustalik bilan qilingan payvand tez amal oladi. M. Ismoiliy, Fargʻona t.o
2. Yangi unib chiqqan oʻsimlik, ekin.
-
Gʻoʻza nihollari. Daraxtdan meva olaman desang, niholidan parvarish qil! Maqol
-
Bolani yoshdan asra, niholni boshdan asra. Maqol
3. koʻchma Yetilmagan yosh narsa; murgʻak, kurtak.
-
Gʻulomjonning koʻngli sindi, yoʻq, koʻngli emas, umr orzusining niholi sindi. M. Ismoiliy, Fargʻona t. o.
-
Ishdan qaytgan chogʻimda Qiyqiradi oʻgʻilcham, — Hali nihol bogʻimda, Bargin yozmagan gʻuncham. Yo. Mirzo
nihol soʻzi qatnashgan jumlalar:
Nozik nihol
-
Nozik nihol daraxtlar;
-
Bejirim, kelishgan nozik niholing, Beqasam kamzuling yarashibdi xoʻp. X. Rasul.
NIHOL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
НИҲОЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
nihol so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar