noxush
bilan ulashing
1. Taʼbi xira, kayfiyati yomon, buzuq.
-
Ertalab Mahkam uni noxush ahvolda koʻrib, yana murosalari kelishmaganini sezdi. P. Qodirov, Uch ildiz
-
Gulsum noxush koʻrinardi. Uning koʻngli nimagadir gʻash ekani yuzidan bilinib turardi. P. Tursun, Oʻqituvchi
2. Xush kelmaydigan, yoqimsiz, koʻngilsiz.
-
Noxush xabar. Noxush gap.
-
Uning [Munisxonning] yuzi zaʼfaron boʻldi. Ayniqsa, bugun ertalab pochtalon tashlab ketgan gazeta noxush xabar keltirdi. S. Ahmad, Oydin kechalar
3. Nosogʻ, betob, kasal.
-
[Bashorat xola] Kechga yaqin oʻzini noxush sezib, vaqtli yotib qoldi. A. Mirahmedov, Kulgan chechaklar
NOXUSH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
НОХУШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
noxush so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar