noz
bilan ulashing
1. Tannoz ayollarga xos serish va harakat, qiliq; ishva, karashma.
-
Noz qilmoq.
-
Soʻz bilan, noz bilan, hangoma bilan yigitlarning koʻkragiga oʻt soladi qirgʻiz qizlari. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Dilbar qizning qiligʻi, nozi yaxshi, Soʻzning ozi, mashshoqning sozi yaxshi! Yo. Mirzo
2. Oʻz qadrini oshirish uchun qilinadigan nooʻrin talab, ortiqcha erkalik; tarang qilish.
-
Qizi borning nozi bor. Maqol
-
Kasali nima, ozib ketibdi kelinchak onamiz?— Mugʻambirlik, erkalik, noz! Oybek, Tanlangan asarlar
-
[Nuri] Yoʻlchini yodlarkan, uning yuragida endi gʻazab qoʻzgʻalar edi Kim u? Nega muncha noz qiladi, kekkayadi? Oybek, Tanlangan asarlar
3. Nozik; jizzaki.
-
Boshim toz, koʻnglim noz. Uygʻun
4. koʻchma Mayinlik.
-
Gumarda noz, Yellarda noz, Kel, chamanda qil parvoz! T. Toʻla, Oromijon
noz soʻzi qatnashgan jumlalar:
Noz uyqu
NOZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
НОЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
noz so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar