o‘ng‘ay
bilan ulashing
1. Biror jihatdan mos keladigan, foydalanish uchun qulay, bop, yaxshi.
-
Yayov yurish uchun bu yoʻl juda oʻngʻay.
-
U sersoqol, tund rus jangchisi yaqinida oʻziga oʻngʻay oʻrin tanlab, pisib yotdi. Oybek, Quyosh qoraymas
-
Keyin [Nuri] bir necha kun oʻylab, Yoʻlchi bilan maxfiy uchrashuvga qaror qildi. Bu orzu kundan-kunga kuchaysa ham, oʻngʻay fursatni kutdi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Oson bajariladigan; oson, yengil.
-
Begonaning qoniga qoʻl urib, yarasiga malham boʻlish, uning azob chekayotgan yuz-koʻziga qarash oʻngʻay ishmi! Shuhrat, Shinelli yillar
-
Kishining dilini bilish oʻngʻay emas man gʻaribga yoʻl koʻrsating [dedi Yormat] Oybek, Tanlangan asarlar
-
[ Navoiy:] Yodgorning poytaxtga tez va oʻngʻay kirganligi gʻoyat taajjub. Uygʻun va I. Sulton, Alisher Navoiy
O‘NG‘AY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЎНҒАЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
o‘ng‘ay so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar