o‘ngar
bilan ulashing
1. Yelkaga yoki ulov ustiga koʻndalang qoʻymoq, olmoq.
-
U engashib, kattagina bogʻ mashoqni yelkaga oʻngarib kelar edi. H. Ahmar, Kim haq?
-
Musavoy: Jon aka, ayting, boʻri qanday boʻladi? Qoʻyni birdan boʻgʻib, oʻngarib ketarmish-a? Oybek, Bolalik
-
Salomatni otga oʻngarib olib qochgan, uni qoʻrboshiga peshkash qilgan kim? S. Ahmad, Hukm
2. aynan Oʻnglamoq (toʻgʻri va koʻchma maʼnoda).
-
— Bizning tuman boylari oʻz ishlarini ozgina vaqtda oʻngarib oladilar, — dedi boy. S. Ayniy, Qullar
-
oʻz raqibini chunonam urdiki, u gup etib yerga yiqildi, ammo oʻzini darhol oʻngarib oldi. J. Sharipov, Xorazm
-
Paxtakor futbol komandasi oʻzini sal oʻngarib oldi. Mushtum
-
Onasi hovliqqanidan kalishlarini oʻngarib kiyolmasdi. R. Fayziy, Hazrati inson.
O‘NGAR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЎНГАР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
o‘ngar so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar