o‘ng-ters
bilan ulashing
1. Biror narsaning oʻng va teskari tomoni, oʻngi va tersi.
-
Gazlamaning oʻng-tersi. Nonning oʻng-tersi.
-
Bizning shturmchilarimizning harakatidan soʻng fashist soldat va ofitserlari kiyimlarining oʻng-tersini topolmay qoldilar. T. Rustamov, Mangu jasorat
2. koʻchma Biror narsaning har tomoni, har jihati.
-
[Hasanali] Bu ikki turli masalaning oʻng-tersini aylantirib muhokama qildi va oʻlchadi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
o‘ng-ters soʻzi qatnashgan jumlalar:
Oʻng-tersiga qarab
-
— Xudoga shukur. Labi-dahanimizga chipqon chiqqan emas, togʻa, gapning oʻng-tersiga qarab gapirish lozim boʻlsa, bir odamchalik gapira olarmiz, deyman, — dedi Bozorboy. P. Tursun, Oʻqituvchi
Oʻng-tersiga qaramay yoki oʻng-ters
-
Oʻng-tersiga qaramay ishlamoq.
-
Zaynab bu yolgʻonlash natijasidan qoʻrqib, oʻng-u ters ishiga yopishdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
O‘NG-TERS so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЎНГ-ТЕРС so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
o‘ng-ters so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar