olmos
bilan ulashing
1. Shaffof, yaltiroq sof ugleroddan iborat oʻta qattiq, qimmatbaho tosh (tarashlab maʼlum shaklga keltirilgani brilliant deb ataladi).
-
Olmos yerda qolmas. Maqol
-
Tabiatda mavjud boʻlgan nodir toshlar ichida eng mashhuri olmos hisoblanadi. Fan va turmush
2. Shunday tosh oʻrnatilgan keskich; olmosli keskich.
-
Olmos bilan oyna kesmoq.
3. Olmosdan yasalgan, olmos bilan beza-tilgan, ziynatlangan.
-
Olmos qilich. Olmos zirak.
4. koʻchma Shunday tosh singari oʻtkir, keskir; qimmatli, bebaho.
-
Inson aqli — olmos. Maqol
-
Bu olmos satrlar muallifi buyuk shoir va mutafakkir Pahlavon Mahmudga qoʻyilgan yodgorlik qadimiy Xorazm ustalari qanday moʻjizavor sanʼat obidalarini yaratishga qodir boʻlganliklaridan guvohlik berib turibdi. N. Safarov, Olovli izlar
-
Kuyla, sozim, yuragim, sheʼrim, Baxt kitobin qilgil tarona. Zamirida huquq, erk, nomus. Har bir satri olmos, durdona. Bayratiy
Zaharli, sariq gulli yovvoyi oʻt; olmos oʻt.
OLMOS so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОЛМОС so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
olmos so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar
Yangi so'zlar
- fikrlash zanjiri (Chain of Thought)
- vizajist
- galaktostaz
- chiabatta
- namunalar asosida o‘rganish (Few-shot)
- chegaralamoq