olov
bilan ulashing
1. Yuqori haroratda yonib, nurlanib turgan gaz, alanga, oʻt.
-
Olov yoqmoq. Olovni oʻchirmoq. Qumgʻonni olovga qoʻymoq. Olovning tishi yoʻq, hoʻl-quruq bilan ishi yoʻq. Maqol
2. Choʻgʻ.
-
Tanchaning olovini oching, taqsir, badanimda qaltiroq turdi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
[Yoʻlchi] Bir qoʻlini qizning peshonasiga qoʻydi: — Naq olovday — dedi. Oybek, Tanlangan asarlar
3. Issiqlik, harorat.
-
Quyosh olovi.
-
Quyosh osmondan olov quyyapti. S. Ahmad, Taʼzim
-
Huvullagan tunday yolgʻizlik qursin, Yolgʻiz chaqmoqtoshdan chiqmaydi olov. Ch. Ergash, Orzuning ogʻir kipriklari
-
Yoʻlchi quyoshning olov selida choʻmilib, toʻnka kovlar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
4. koʻchma Gʻayrati ichiga sigʻmaydigan, yuragida oʻti bor, joʻshqin.
-
Olov yigit.
-
Sinfning eng shoʻx, olov oʻquvchisi Sanjar boʻlsa, ogʻzini katta ochgancha, Oysha xolaga tikilib qoldi. S. Zunnunova, Koʻk chiroqlar
-
Oʻziyam desangiz, otinoyisi, olov. Na bir qoʻrqishni biladi, na bir narsadan man tortishni. Sh. Toshmatov, Erk qushi
5. Joʻshqin tuygʻu, hissiyot.
-
Shuncha tutqun boʻlishiga qaramasdan, bu qizning qalbiga muhabbat olovi allaqachon tushgan edi. S. Zunnunova, Olov
-
Isfandiyorning injiq va xudbin koʻnglida oʻch olovi yonardi. S. Siyoyev, Avaz
olov soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ikki olov orasida (yoki oʻrtasida)
-
Shoʻrlik asirlar ikki olov orasida qolgan edilar: chiqmay desalar, moʻgʻullar orqalaridan sanchar, chiqay desalar, mudofaachilarning oʻq va nayzasiga sanchilar edilar. M. Osim, Oʻtror
Kesakdan olov chiqqanday
Olov koʻzlar
-
Yosh Hojiya olov koʻzlarini charaqlatib, Onaxonga tikilgan edi. A. Muxtor, Opa-singillar
Olov nafasli
-
U aytgan tollar qulapti, bosh tiqmoqchi boʻlgan maktab-maorif sohasiga tamoman yangi odamlar, olov nafasli yoshlar kelipti. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
Urush olovini yoqmoq
OLOV so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОЛОВ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
olov so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar