parcha-purcha
bilan ulashing
1. Katta-kichik parchalardan iborat, har xil kattalikdagi parchalarga boʻlingan; boʻltak-soʻltak.
-
Choʻntakdan katta-kichik mixlar, parcha-purcha taxtachalar chiqdi. Oydin, Oʻzi monand
-
Yerdan bir qarich koʻtarilgan torgina sahnda, parcha-purcha chirik namatlar solingan ayvonga paranjisini otdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Arava ham koʻhna, yamoq-yasqoq, gʻildirak temiridan unda-munda parcha-purcha qolgan: kegaylari shaloq. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Arzimaydigan, kichkina, ozgina.
-
Hozircha ochgan yerlarni, menimcha, parcha-purcha deb hisoblash kerak. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
PARCHA-PURCHA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПАРЧА-ПУРЧА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
parcha-purcha so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar