pasay
bilan ulashing
1. Balandligi nisbatan kamayib qolmoq, choʻkmoq, choʻkib qolmoq.
-
Yer zichlanib, ancha pasaydi.
-
1989-yil Orol dengizining sathi yana bir metrga pasaydi. Fan va turmush
-
Kanalda suv pasaydi, qishloq koʻchalari, paxtazor paykallari selgib qoldi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
2. Kamaymoq, kuchsizlanmoq, qaytmoq (hodisalarning kuchi, shiddati, darajasi, miqdori va shu kabilar haqida).
-
Ogʻrigʻim pasaydi. Quyosh harorati hali pasaygani yoʻq. Shamol ancha pasaydi. Bolaning issigʻi pasaymadi. Radioning ovozi pasayib qoldi.
-
Yoʻldoshevning yigʻisi borgan sari pasayib, nihoyat xoʻrsina-xoʻrsina jim boʻldi. N. Safarov, Jangovar sahifalar
-
Uning vujudini qamrab olgan oʻt asta-sekin pasayib, koʻngli tobora soviy boshladi. H. Gʻulom, Mashʼal
3. Yuqori amaldan pastroq amalga tushib qolmoq.
-
Martabasi pasaydi.
4. koʻchma Kibr-u havosi yoʻqolib, shaxti qaytib, epaqaga kelib qolmoq, hovuridan tushmoq.
-
Bir oz pasaying. U ancha pasayib qoldi.
pasay soʻzi qatnashgan jumlalar:
Popugi pasaymoq
-
Daʼvogarning popugi pasaydi.
PASAY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПАСАЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
pasay so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar