parchin
bilan ulashing
1. Butundan kesib, qirqib, yirtib, sindirib olingan yoki oʻzi ajragan qism; boʻlak, boʻlakcha.
-
Qogʻoz parchasi. Bomba parchasi.
-
Bahodir kallaklangan tol orasidan suyak, sovun parchalarini olar ekan, birdan Nilufarning yelim qoʻgʻirchogʻi chiqib qoldi. S. Ahmad, Yulduz
-
Keksa ishchi soʻnggi goʻsht parchasini ogʻziga soldi. A. Qahhor, Qanotsiz chittak
-
Deraza oynalariga yirik qor parchalari oq kapalakday urinadi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. ad. Asarning tugal mazmunli kichik qismi.
-
Romandan parcha,
-
Koʻpgina oqshomxonlar yozuvchilarning yangi asarlaridan parchalar berib borishni, sanʼatkorlarimiz haqida koʻproq yozishimizni iltimos qilishdi. Gazetadan
-
Abdulla Qahhor, to asar bitguncha, taassurotingiz buziladi, fikringizni toʻla ifodalay olmaysiz, deb hatto parcha oʻqigani ruxsat bermas edilar. K. Qahhorova, Chorak asr hamnafas
3. koʻchma Boʻlak, boʻlakcha, qism.
-
— Oʻgʻlim, — dedi ona oʻrnidan turib, yuz-koʻzlarini boshidagi durrasining uchiga artar ekan, — farzand — qalb parchasi. Gazetadan
parchin soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bir parcha
-
Bir parcha yer.
-
— Bir parcha non uchun sening eshigingda choʻrilik qilib, bolalaringning kirini yuvganman, — dedi Oyimxon. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Yigitali bir parcha qogʻozga qalam bilan yozgan xatni oʻqiy boshladi. S. Karomatov, Bir tomchi qon
-
Agar ularning tili boʻlganda edi, har bir jang tagida kimlarning manglay teri-yu kimlarning bir parcha umri qolib ketganini soʻylab berardi. X. Sultonov, Onamning yurti
Parcha gulli
-
Parcha gulli las.
-
Xola divanga oʻtirdi. Boshidan qizil parcha gulli jun roʻmolini olib qoqdi. Peshonasini, boʻynini artdi. S. Nurov, Narvon
-
Parcha gulli chit koʻylagini hilpiratgancha Gulzebo zavq bilan oʻyinga tushdi. S. Karomatov, Oltin qum
Zar ip aralashtirib toʻqilgan qalin ipak mato, kimxobning bir turi.
-
Qatorga tirkadik loʻk bilan norcha, Ustiga yukladik qirmizi parcha. Alpomish
-
Tuman orasiga oʻralgan choʻqqining uchi qilich damidek yarqirab ketdi-yu, bir dam kimxob parchasidek bulut yalt-yalt yonib, koʻzni qamashtirdi. S. Ahmad, Yoʻlda
PARCHIN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПАРЧИН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
parchin so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar