past-baland
bilan ulashing
1. Boʻyi, balandligi har xil, har xil balandlikdagi.
-
Past-baland bolalar.
-
Ufqni oʻz gavdasi bilan toʻsgan past-baland togʻlar qop-qorayib, rido kiygandek silliq koʻrinardi. Shuhrat, Shinelli yillar
2. Turli tabaqadagi odamlar, katta-kichiklar.
-
[Oqilova:] Siz mahallaning past-balandini bilasiz. I. Qalandarov, Shoxidamas, bargida
3. Pastlik va balandliklardan iborat; oʻydim-chuqur, notekis.
-
Past-baland yoʻl.
-
Mana, oʻshandan beri bir soatcha vaqt oʻtdi, shahar bogʻlari orqada qolib, oldinda kuygan kalladay tap-taqir dasht, past-baland adirlar boshlandi. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa
-
Ular tor koʻchani changitib, gurs-gurs qadam tashlab oʻtishdi, past-baland tepaliklar etagida toʻxtashdi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
4. Turli ikir-chikir, mayda-chuyda, bordi-keldilardan iborat boʻlgan.
-
Past-baland gaplar.
-
Hammada boʻladigandek, tirikchilik vajidan baʼzan oʻrtamizda past-baland gaplar ham oʻtgan. K. Yashin, Hamza
PAST-BALAND so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПАСТ-БАЛАНД so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
past-baland so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar