patta
bilan ulashing
1. so‘zlashuv tili Bilet; chek; talon.
-
Poyezd pattasi. Bozor pattasi.
-
Borsa, dugonasi kelmagan ekan. Patta olib, kino boshlanar paytigacha uni betoqat kutdi. N. Qilichev. Chigʻiriq.
-
Ota, Hech boʻlmasa shu ziyolinamo odam patta yirtib oladi, deb oʻylagan edi. Yoʻq, u yoʻlkira ham toʻlamay, zinaga oyoq qoʻyib turaverdi. S. Nurov, Narvon
2. Guvohnoma, hujjat.
-
— Kuyoving Mamurjon bilan zagsning nikoh pattasini olasizlar, — dedi Mamasaid. P. Tursun, Oʻqituvchi
patta soʻzi qatnashgan jumlalar:
Pattasini qoʻliga bermoq (yoki tutqazmoq)
-
Gʻidi-bidi qilsa, pattasi oʻsha kuni qoʻliga tutqaziladi.
-
Raisning pattasini qoʻliga berib yuborganimizga bu yil rosa toʻrt yil boʻldi. N. Safarov, Katta karvon yoʻlda
Pattasi (qoʻliga) tegdi
PATTA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПАТТА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
patta so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar